Burama Twist-off va kronen-qopqoqlarini ishlab chiqarish
GOST 32624-2014 bo'yicha past Kronen-qopqoqlarini ishlab chiqarish.
Zamonaviy Italiyada ishlab chiqarilgan Sacmi uskunalari yiliga 1 000 000 000 donagacha kronen-qopqoqlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.
"Twist-off" (Profil P912) va "pry-off" (Profil 916) kabi kronen-qopqoqlariga buyurtma berish mumkin .
Ichki sizdirmaslik uchun mo’ljallangan qoplamasi mijozning talabiga, quyilayotgan maxsulotga muvofiq turli xil materiallardan tayyorlanishi mumkin.
Bundan tashqari, agar kerak bo'lsa, Jet-ink asosida kronen-qopqoq ichiga yozuv ham (pechat) bosish mumkin, misol uchun reklama aktsiyalari, grafik ma'lumotlar va boshqalar).
Twist-off burama qopqoqlarini ishlab chiqarish
Twist-off burama qopqoqlarining quyidagi xillari mavjud:
• Diametri 82 mm; RSB (xavfsizlik tugmasi "safety button")
• Diametri 82 mm; RTS
• Diametri 66 mm; RSB (xavfsizlik tugmasi "safety button"bilan)
• Diametri 66 mm; RTS
Mijozning talabiga binoan qopqoqqa tashqi tomondan ko'p rangli bosma qo'llanilishi mumkin.
Qopqoqning ichki yuzasida ikki turdagi sizdirmaslik qoplamalari qo'llaniladi - sterilizatsiya yoki pasterizatsiya uchun mo’ljallangan qoplamalar.
Twist-off qopqoqlarining barcha turlari O’zbekiston Respublikasining, Toshkent shahrida joylashgan TAS Sintez MChJ Xorijiy korxonasida ishlab chiqariladi.
Konservatsiya uchun mo’ljallangan tunukalarni laklash va litografiya qilish xizmatlari.
Tunuka listlarni laklash va litografiya qilish oziq-ovqat qadoqlariga ruxsat berilgan va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo’lgan Evropa ishlab chiqaruvchilarining laklarida va bo’yoqlarida amalga oshiriladi.
Laklar va emallarning keng ko’lamda ishlatilishi natijasida, har qanday metall mahsulot uchun mos bo’lgan to'g'ri qoplamni tanlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda Crabtree of Gateshead zamonaviy Ingliz uskunasining qo’llanilishi yuqori sifatli ko'p rangli bosib chiqarish va eng talabchan mijozning talablarini qondirish imkonini beradi.